Ronaldu Marokash bilan o'yinni asosiy tarkibda boshlaydimi? Yoki yana zaxirada qoldiriladimi?

Sherzod Nurmatov
9 dek 2022, 16:18
Murabbiy tanlov qildi.

Ronaldu Portugaliya terma jamoasining chorak final o'yinida zaxirada qoladi. 1/8 finalda xet-trik qilgan Ramush asosiy tarkibda maydonga tushadi.

Krishtianu Ronaldu Portugaliya terma jamoasining JCH-2022 chorak finali doirasidagi Marokashga qarshi o'yinida zaxira o'rindig'ida bo'ladi.



"A Bola" xabariga ko'ra, JCH-2022 1/8 final bosqichi doirasidagi Shveytsariyaga qarshi o'yinida (6:1) xet-trik qayd etgan hujumchi Gonsalu Ramush Marokashga qarshi o'yinni ilk daqiqalardanoq boshlaydi.

Ronaldu avvalgi o'yindagidek zaxirada qoladi.

Marokash – Portugaliya o'yini ertaga 20:00 da boshlanadi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: A Bola