Ronaldu Manchester Sitiga qarshi o'yinga mutlaqo tayyor

Narzulla Saydullayev
3 may 2016, 08:30
Real hujumchisi Krishtianu Ronaldu jarohatidan so'ng to'laqonli mashg'ulot o'tkazdi.

Portugaliyalik kecha jamoaning mashg'ulotida to'liq, hech qanday cheklovlarsiz ishladi. Ronaldu Manchester Sitiga qarshi javob bahsida maydonga tushishi kutilmoqda.

Yana bir hujumchi Karim Benzema esa faqat yugurish mashqlari bilan cheklandi. Fransiyalik futbolchining Manchester Sitiga qarshi o'yinda ishtirok etishi so'roq ostida.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: realmadrid.com