Ronaldu "Lacio" bilan o'yinda jarohatlandi

Turinning "Yuventus" klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu Italiya chempionati 7-turi doirasidagi "Lacio" (1:1) bilan o'yinda engil jarohat oldi.

76-daqiqada portugaliyalik futbolchining o'rniga Paulo Dibala maydonga tushirildi. U maydonni tark etayotganidan biroz oqsoqlandi. 

"Podkat"dan keyin yiqilganimda jarohatlandim", – degan Ronaldu "keksa sinora" bosh murabbiyi Andrea Pirloga. 

Ronaldu 4 o'yinda 6 gol urdi 


Manba: Sky Sport Italia