

"Men doim g'alaba qozonishga intilaman, birinchi navbatda o'z jamoam bilan sovrinlarni yutsam deyman. Agar men turnirda g'alaba qozonsam, bu menga shaxsiy mukofotlarni ham olib keladi", - deydi Ronaldu.
"Bu sizning ishingiz va hayotingiz. Siz doim ertalab turib g'alaba qozonish uchun mashg'ulotlar olib borasiz, shunchaki pul uchun emas.
Ko'p pul kerak emas, men tarixda o'z o'rnimga ega bo'lmoqchiman", - deb qo'shimcha qiladi Ronaldu.
Eslatib o'tamiz, Ronaldu yakunlangan mavsum "Yuventus" bilan Italiya chempionatini, Portugaliya bilan esa Millatlar Ligasida g'alaba qozondi.



