Ronaldu ketma-ket 13 mavsumdan beri 20 tadan kam gol urmayapti

11 fev 2019, 08:15
“Yuventus” hujumchisi Krishtianu Ronaldu Italiya chempionatining 23-turida “Sassuolo” (3:0) darvozasini ishg'ol qildi.

Bu uning joriy mavsum A Ceriyadagi 18-goli bo'ldi. Ronaldu amaldagi mavsumda barcha musobaqalarni hisobga olsa, 20 ta gol urdi.Krishtianu ketma-ket 13 mavsumdan beri kamida 20 ta gol urmoqda. Uning bu ceriyasi 2006/07 yilgi mavsumda boshlangan.

U bu orada 20+ ko'rsatkichini “Manchester Yunayted”da 3 marta, “Real”da esa 9 bor takrorladi. Endi esa “Yuventus”da ham bu ishni qilmoqda.

O'xshash yangiliklar


Manba: Opta