

"Real" Krishtianu Ronalduning o'g'lini o'z akademiyasiga qabul qilishni rejalashtirmayapti.
Avvalroq 15 yoshli Krishtianu Ronaldu Junior "Real"ning 16 yoshgacha bo'lgan futbolchilari bilan mashg'ulot o'tkazgani haqida xabar berilgan edi. Hozirda u "Al Nassr" yoshlar jamoasi a'zosi hisoblanadi, otasi esa saudiyaliklarning asosiy tarkibida to'p suradi.
COPE nashri bergan ma'lumotga ko'ra, "Real" Ronaldu Juniorni shartnoma imzolash uchun ko'rikdan o'tkazmayapti. Unga Yaqin Sharqdagi vaziyat tufayli "Al Nassr" akademiyasida shug'ullanish imkoni bo'lmagan vaqtda sport formasini saqlab turishi uchun tengqurlari bilan mashg'ulot o'tkazishga ruxsat berilgan. Hozirda Krishtianu Ronalduning oilasi Madridda bo'lib turibdi.
Ronaldu "Real"da 2009 yildan 2018 yilgacha o'ynagan. Ispaniya klubi tarkibida u barcha turnirlarda 438 ta o'yin o'tkazib, 450 ta gol urgan.



