Ronaldu JCHga to'g'ridan-to'g'ri chiqa olmaganidan so'ng serbiyalik futbolchi bilan nimani gaplashdi?

Aziz Tukhtamuradov
18 noya 2021, 08:55
Portugaliya terma jamoasi bosh murabbiyi Fernandu Santush Serbiyaga qarshi o'yindan keyingi holat (1:2) haqida gapirdi.

"O'yindan keyin holatimiz juda yomon edi. Futbolchilar chim ustida yotishar, bazilar esa shunchaki boshlarini egib turishardi. 

Futbolchilarga dalda berish uchun maydonga chiqdim. Krishtianu oldidan o'tib ketayotganimda u serbiyalik futbolchiga: "Agar uchinchi golimni bekor qilishmaganida, hozir sen kulib turmagan bo'larding".

Men shunchaki Ronalduga o'zini bosishini aytdim va boshqalarning oldiga ketdim. Krishtianu menga ishonadi", - dedi Santush. 

Eslatib o'tamiz, shu yil mart oyidagi o'yinning (2:2) 93-daqiqasida Ronalduning zarbasini serbiyalik futbolchi qaytarib qolgandi. Hakamlar o'sha vaziyatda to'p chiziqni kesib o'tmadi deb hisoblashgan. Shu sababli, o'shanda hisob o'zgarmay qolgandi. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: JN