Ronaldu jarohat olgan bo'lishi mumkin

Оқил Абдубарноев
27 yanv 2023, 22:40
Ijtimoiy tarmoqlarda Krishtianu Ronaldu Saudiya Arabistoni Superkubogi yarim finali doirasida “Al Ittihod”ga qarshi bahsdan so'ng maydonni tark etgani aks etgan video paydo bo'ldi.

Videoda nafaqat muxlislarning tribunadan Lionel Messi nomini tilga olishlarini eshitish, balki Krishtianu Ronalduning oqsoqlanayotganini ham ko'rish mumkin. Ehtimol, portugaliyalik hujumchi jarohat olgan bo'lishi mumkin.

Krishtianu Ronaldu o'tgan yilning oxirida "Al Nassr" bilan shartnoma imzolagandi. 37 yoshli hujumchining shartnomasi 2025 yil yarmiga qadar tuzilgan.

“Al Nassr” safida Krishtianu Ronaldu allaqachon ikkita o'yin o'tkazishga ulgurdi, ammo portugaliyalik forvard hozircha gol ura olmadi.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif