Ronaldu “Instagram”da Selena Gomesni ortda qoldirdi

Aziz Tukhtamuradov
30 okt 2018
“Yuventus” klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu Instagram sahifasidagi o'quvchilari soni bo'yicha birinchi o'ringa ko'tarilib oldi.

Portugaliya terma jamoasi yetakchisining “podpischik”lari 144 mln 200 000 kishidan oshdi. Ronaldu bu ko'rsatkich bo'yicha amerikalik qo'shiqchi va aktrisa Selena Gomesdan o'tib ketdi. Selenada o'quvchilar soni 144 mln kishini tashkil etadi.

Eslatib o'tamiz, Ronaldu shu yilning yozida 117 mln evro evaziga “Real”dan “Yuventus”ga ko'chib o'tgan edi. Shu kungacha “Keksa sinoralar” tarkibida jami 12ta o'yinda maydonga tushib, 7ta gol kiritdi va 5ta golga hammualliflik qildi. 


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: