
Futbolchi ovoz to'plash bo'yicha Terri Anri, Rayan Giggz, Alan Shirer kabi yulduzlarni ortda qoldirdi. Ronaldu 2003 yildan 2009 yilgacha "Manchester Yunayted" tarkibida to'p tepgan va bu klub safida 3 marta mamlakat chempionligini, Angliya Kubogi va Superkubogini, 2ta Angliya liga Kubogini va Chempionlar ligasi g'olibligini hamda klublar o'rtasidagi jahon chempionligini qo'lga kiritgan.
Muxlislar tahminiga ko'ra Angliya premer-ligasining eng yaxshi futbolchilari:
1. Krishtianu Ronaldu ("Manchester Yunayted") – 177 ta ovoz
2. Terri Anri ("Arsenal") – 133
3. Rayan Giggz ("Manchester Yunayted") – 95
4. Alan Shirer ("Blekbern", "Nyukasl") – 92
5. Erik Kantona ("Manchester Yunayted") – 89
6. Stiven Jerrard ("Liverpul") – 77
7. Dennis Bergkamp ("Arsenal") – 40
8. Janfranko Zola ("Chelsi") – 24
9. Roy Kin ("Nottingem Forest", "Manchester Yunayted") – 14
10. Patrik Vieyra ("Arsenal", "Manchester Siti") – 6