Ronaldu Ibicada PSJ prezidenti bilan uchrashgan

Aslanov Jasurbek
6 iyul 2017
Ispaniya OAVlari tarqatgan xabarlarga ko'ra, ayni paytda Ibicada hordiq chiqarayotgan “Real” hujumchisi Krishtianu Ronaldu orolchada “PSJ” prezidenti Nosir Al Xelaifi bilan uchrashgan.

Xabarlarga ko'ra, prezident va futbolchi o'rtasidagi muloqotda Ronalduning “Park de Prens”ga ko'chib o'tishi masalalari muhokama qilingan va PSJ rahbariyati 32 yoshli futbolchini transferi borasida “Real”ga taklif jo'natilishi aytilmoqda.

Eslatib o'tamiz, bir necha hafta ilgari Ronalduning “Real”dan kyetish ehtimoli yuqoriligi haqida gapirilgan edi. Ammo oradan vaqt o'tib bu gap-so'zlar tinchib qoldi.



Aslanov JasurbekMuallif
Manba: diariogol.com