

"Faoliyatimdagi birinchi golimni juda yaxshi eslayman. Bu lahzani unutib bo'lmaydi. Bu gol "Sporting" safida - yuragimning bir parchasiga aylangan klublardan birida kiritilgandi. O'shanda 17 yosh edim va bu aql bovar qilmaydigan lahza ekanligini his qilgandim", - dedi Ronaldu.
Krishtianu Ronaldu o'zining ilk rasmiy golini 2002 yil 7 oktyabrda urgan. O'shanda yosh forvard Portugaliya chempionati doirasida "Moreyrense"ga qarshi bahsda dubl qayd etgan.


