Ronaldu faoliyatidagi 61-xet-trikni qayd etdi

Aziz Tukhtamuradov
10 fev 2023
Krishtianu Ronaldu Saudiya Arabistoni chempionati doirasida o'tkazilgan o'yinda "Al Vahda" darvozasiga 4 ta gol urdi.

Ushbu o'yinda Ronaldu faoliyatida 61-marotaba xet-trikka erishdi. Ularning 51 tasi klub miqyosida, 10 tasi esa Portugaliya terma jamoasi safida qayd etilgan. 

Hozir faoliyatini davom ettirayotgan futbolchilar ichida Ronaldu xet-triklar soni bo'yicha yetakchi hisoblanadi. Messi hisobida esa 56 ta xet-trik bor. 


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: Opta