Ronaldu faoliyatida ilk bor ketma-ket ikkinchi mavsum hech narsa yuta olmadi

Narzulla Saydullayev
28 may 2023, 09:31
Krishtianu Ronaldu so'nggi ikki yilda sovrin yuta olmayapti.

Kecha "Al Nassr" Saudiya Arabistoni chempioni bo'lish imkoniyatini yo'qotdi. Oldinroq ushbu klub Kubok va Superkubokda ham o'z ishtirokini barvaqt yakunlagan edi.

2021/22 yilgi mavsumda hujumchi "Manchester Yunayted" safida o'ynab hech narsa yutmagandi.

Ronalduning so'nggi sovrini – 2021 yil may oyida qo'lga kiritilgan Italiya kubogi. O'shanda hujumchi "Yuventus"da to'p tepardi.

Krishtianu faoliyatida ilk bor ketma-ket ikki mavsum sovrin yuta olmadi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: goal.com