Ronaldu Yevropa musobaqalarida gol urish bo'yicha Messiga yetib oldi

Aslanov Jasurbek
10 dek 2014, 14:46
"Real" hujumchisi Krishtianu Ronaldu Yevropa turnirlarida gol urish borasida "Barselona" futbolchisi Lionel Messiga yetib oldi.

Ronaldu "Ludogorec"ga qarshi uchrashuvda o'zining 75-golini urdi. Portugaliyalik va argentinalik "Real" sobiq hujumchisi Raulning 76ta gollik natijasidan bir qadam orqada.

Ronaldu bu goli bilan o'zining Chempionlar ligasidagi 72-golini urib, 71ta gol egasi Rauldan o'zib ketdi. Bu turnirning bosh to'purari Lionel Messi hisoblanadi (74).


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com