Ronaldu eng yaxshi bo'lmagani uchun Mendesh UEFA qarorini tanqid qildi

Aslanov Jasurbek
31 avg 2018, 11:09
"Yuventus" hujumchisi Krishtianu Ronalduning agenti Jorje Mendesh o'tgan mavsumning eng yaxshi futbolchisi sovrinini "Real" yarim himoyachisi Luka Modrichga bergan UEFA qarorini tanqid qildi.

"Futbol maydonda o'ynaladi va u yerda Ronaldu g'olib bo'lgan. U 15ta gol urdi va "Real" bilan yana Chempionlar ligasida g'olib chiqdi. Bu absurd va sharmandalik. G'olibning nomi shubhalarga sabab bo'lmasligi lozim, chunki Ronaldu o'z poziciyasidagi eng yaxshi futbolchi" - deydi Mendesh.

Ronaldu 2009-2018 yillarda "Real" sharafini himoya qilgan. Futbolchi joriy yozda "Yuventus"ga o'tdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Record