Ronaldu: "Chempionlar ligasining qiziq qismi endi boshlanadi"

Aslanov Jasurbek
13 dek 2018, 13:59
"Yuventus" hujumchisi Krishtianu Ronaldu Chempionlar ligasining guruh bosqichi yakunlangani haqida fikr bildirdi.

"Chempionlar ligasining qiziq qismi endi boshlanadi va biz unga to'liq tayyor bo'lamiz. Xotirjamman, chunki bu jamoaning kuchini yaxshi bilaman. "Yang Boyz"ga qarshi bahsga to'xtaladigan bo'lsak, qiyinchiliksiz bir nechta gol urishim mumkin edi, ammo bu futbol, endi bor e'tiborni keyingi bahsga qaritishimiz kerak" - deydi Ronaldu.

Eslatib o'tamiz, Atletiko, Borussiya (Dortmund), Barselona, Tottenxem Xotspur, Pari Sen-Jermen, Liverpul, Portu, Shalke-04, Bavariya, Ayaks, Manchester Siti, Lion, Real, Roma, Yuventus va Manchester Yunayted Chempionlar ligasining 1/8 final bosqichiga chiqdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: FourFourTwo