Ronaldu "Brayton"ga qarshi o'yinga tayyor

Alisher
6 avg 2022
"Manchester Yunayted" hujumchisi Krishtianu Ronaldu ertaga APL 1-tur doirasidagi "Brayton"ga qarshi o'yinga tayyor.

Jurnalist Stiv Beytsning xabariga ko'ra, portugaliyalik "qizil iblislar" bosh murabbiyi Erik ten Xag bilan gaplashdi va niderlandiyalikdan uni maydonga hech bo'lmasa bir necha daqiqaga tushirishini so'radi.

Eslatib o'tamiz, Ronaldu "Manchester Yunayted"ning mavsumoldi tayyorgarligini o'tkazib yubordi.

Portugaliyalik Chempionlar Ligasida o'ynash xohishi sabab, haligacha jamoadan ketmoqchi.


AlisherMuallif
Manba: euro-football.ru