Ronaldu: "Biz oxirigacha o'zimizga ishonamiz"

Iskandarov Abdulaziz
14 okt 2022
"Manchester Yunayted" forvardi Krishtianu Ronaldu Yevropa ligasi doirasida "Omoniya"ga qarshi o'yinidan so'ng o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

Mankunianlar payshanba kuni o'z maydonida Skott MakTomineyning 93-daqiqada kiritgan goli evaziga "Omoniya"ni 1:0 hisobida mag'lub etdi. Portugaliyalik futbolchi asosiy tarkibda maydonga tushdi, ammo gol ura olmadi.

"Biz oxirigacha o'zimizga ishonamiz", - deb yozdi Ronaldu ushbu uchrashuvdan keyin ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.

Eslatib o'tamiz, "Manchester Yunayted" "Real Sosedad"dan 3 ochko ortda qolgan holda guruhda 2-o'rinni egallab turibdi.


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: championat.asia