Ronaldu bir oydan ko'proq maydonga tusha olmaydi

Aslanov Jasurbek
11 iyul 2016, 06:10
Portugaliya hamda Fransiya o'rtasidagi Evro-2016 final bahsida hujumchi Krishtianu Ronaldu jarohat oldi.

Ma'lumotlarga ko'ra, portugaliyalik chap tizza paylarini shikastlab olgan. Futbolchining safga qaytishi uchun bir oydan ko'proq vaqt ketadi.

Shunday qilib, Ronaldu 9 avgust kuni Norvegiyaning Tronxeym shahrida bo'lib o'tadigan "Sevilya"ga qarshi Yevropa Superkubogi bahsini o'tkazib yuboradi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Marca