Ronaldu: "Beshta JCHda ishtirok etishni orzu ham qilmaganman"

Mirjalol Normatov
25 noya 2022
Portugaliya termasi sardori Krishtianu Ronaldu JCHda gol urish bo'yicha rekordi haqida instagramda post qoldirdi.

"Beshta jahon chempionatida ishtirok etish - katta yutuq, buni hech qachon orzu ham qilmaganman, bu iloji yo'q ishning o'zi yo'qligini anglatadi.

Portugaliya termasi sharafini himoya qilayotganimdan g'ururlanaman. Har bir urayotgan golimdan zavq olaman. Barchasi Portugaliya xalqi uchun.

Keling, tarixni birga yaratamiz! Barchasi endi boshlanmoqda", - deb yozadi Ronaldu.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal