Ronaldu "Barselona"ga qarshi bahsda maydonga tushmaydi

Aslanov Jasurbek
9 iyun 2017, 12:51
"Real" bosh murabbiyi Zinedin Zidan jamoa hujumchisi Krishtianu Ronalduning yuklamalari oshib ketmasligini istamoqda.

Fransiyalik mutaxassis so'nggi mavsumda shunday uslubning foydaliligini tushundi va Portugaliya terma jamoasi futbolchisi hamma bahsda ham maydonga tushishi kerak emas deb hisoblaydi. Ronaldu 22-29 iyul kunlari AQSHda bo'lib o'tadigan Xalqaro chempionlar kubogi bahslarida ishtirok etmaydi. Musobaqada "Qirollik klubi" "Yuventus", "Manchester Yunayted" va "Barselona" bilan o'ynaydi. 32 yoshli Ronaldu 8 avgust kuni Makedoniyada bo'lib o'tadigan "Manchester Yunayted"ga qarshi UEFA Superkubogi uchun bahsda ham ishtirok etmasligi mumkin.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Marca