Ronaldu: "Argentinani yaxshi ko'raman"

Aslanov Jasurbek
18 apr 2018, 16:41
"Real" hujumchisi Krishtianu Ronaldu Argentinani yaxshi ko'rmasligi haqida tarqalgan mish-mishlarni rad etdi.

"Sevgan qizim Argentinadan. Ko'pchilik buni bilmaydi, biroq u yarim argentinalik, yarim ispan. Odamlar meni Argentinani yaxshi ko'rmaydi deb o'ylashadi, bunday emas. Bu mamlakatni juda yaxshi ko'raman" - deydi Ronaldu.

Joriy mavsum 33 yoshli portugaliyalik LaLiganing 24ta uchrashuvida maydonga tushib, 23ta gol urdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: TheCristianoFan