Ronaldu APLning 1-turiga qadar MYUdan ketmoqchi. Ammo...

Alisher
2 avg 2022
Krishtianu Ronaldu hali ham "Manchester Yunayted"dan kyetishni xohlamoqda.

Forvard 7 avgust kuni "Brayton"ga qarshi APL yangi mavsum 1-turiga qadar klubini o'zgartirmoqchi.

Ammo, portugaliyalikning agenti Jorje Mendeshning mijoziga yangi jamoa topish borasidagi urinishlari samara bermadi. Mendesh 37 yoshli o'yinchini "Barselona", "Atletiko", "Chelsi", "Bavariya" va "Napoli"ga taklif qildi, ammo ularning hech biri Ronalduga qatiy qiziqish bildirmadi.

Shunday ekan, Ronaldu yangi mavsumni katta ehtimol bilan "Manchester Yunayted"da boshlaydi.


AlisherMuallif
Manba: As