Ronaldu alamini Koentraudan oldi (video)

Aslanov Jasurbek
29 okt 2016, 11:08
"Real" hujumchisi Krishtianu Ronaldu "Qirollik klubi"ning mashg'ulotlaridan birida jamoadoshi Fabiu Koentrauga jarohat etkazib qo'yishi mumkin edi.

Qaymoqranglilar futbolchilari "kvadrat" o'ynayotganda Ronaldu o'rtada to'pni olib qo'yishi kerak edi. Pepe pas berayotganida to'pni Krishtianu oyoqlari orasida o'tkazdi. Hujumchi bundan g'azablanib Koentrau tomon yo'l olgan to'pga sirpanib chiqdi. Fabiu jarohat olishdan qo'rqib to'p uchun kurashmadi, ammo Ronaldu baribir uni yiqitdi.

TAS-IX emas


Videoni Telegramdagi rasmiy sahifamizdan ko'chirib olishingiz mumkin: TELEGRAM (3.3 mb)

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia