Ronaldu “Al Nassr”dagi debyuti haqida nimalar dedi?

Eldor Akmurzayev
23 yanv 2023
Saudiya Arabistoni chempionati 14-turida “Al Nassr” uyda “Al Ittifoq”ni Anderson Taliskaning yagona goli evaziga mag'lub etdi.

Uchrashuvni sardor sifatida boshlagan Krishtianu Ronaldu riyodliklar safida ilk rasmiy o'yinida qatnashdi. U bunga quyidagicha munosabat bildirdi:

- Birinchi o'yin, birinchi g'alaba – qoyilmaqom ish, yigitlar.

Aql bovar qilmas darajada qo'llab-quvvatlashgani uchun barcha ishqibozlarga tashakkur (klub ramzi bo'lgan ko'k-sariq rangli smayl)”, deya post joylagan 37 yoshli portugaliyalik o'z sahifasiga.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: twitter.com/Cristiano