Ronaldu Al Nassr rahbariyatiga maslahat berdi

Khoja
30 yanv 2025
Krishtianu Ronaldu Kazemironi Al Nassrda ko'rishni istamoqda.

Ular ilgari Real va MYUda jamoadosh bo'lishgan.

Daily Mirror xabariga ko'ra, portugaliyalik forvard klubiga Kazemironi transfer oynasi yopilgunicha sotib olishga harakat qilishni maslahat bergan.

Braziliyalik tayanch yarimhimoyachisining Manchester Yunayted bilan amaldagi shartnomasi 2026 yilning yozigacha mo'ljallangan. U bu mavsum barcha musobaqalarda 22 ta o'yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi.


KhojaMuallif
Manba: championat.com