

Portugaliyalik yulduz kecha Saudiya Arabistoni chempionati doirasidagi "Ar Riyod"ga qarshi bahsni ham o'tkazib yuborgan edi.
Vaziyat tafsilotlari:
- Jurnalist Abdulaziz Al Oseymi xabariga ko'ra, Ronaldu kechagi o'yinda qatnashmagan futbolchilar uchun tashkil etilgan bugungi mashg'ulotga kelmagan.
- Hujumchi Saudiya Arabistoni suveren fondi (PIF) klubni boshqarishda asosiy raqobatchi - "Al Hilol"ga ko'proq imtiyoz berayotganidan norozi bo'lmoqda.
- Forvardning fikricha, klub egalari "Al Nacsr"ning chempionlik uchun kurashishiga to'sqinlik qilmoqda.
Shuningdek, u Karim Benzemaning "Al Hilol"ga o'tishi raqobat muhitiga zarar etkazishini ta'kidlab, bu transferga qarshi chiqqan edi.
Avvalroq tarqalgan ma'lumotlarga ko'ra, Krishtianu iyun oyida Saudiya klubini tark etib, yana Yevropaga qaytishi yoki MLS klublaridan biriga o'tishi mumkin.



