Ronaldu 2027 yilda "Al Nassr"ni tark etib, faoliyatini yakunlashi mumkin

Sherzod Nurmatov
23 yanv 2026, 16:44
Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu amaldagi shartnomasi tugaydigan 2027 yilning yozida "Al Nassr"ni tark etishi mumkin.

Bu haqda X ijtimoiy tarmog'ida jurnalist Ben Jeykobs xabar berdi.

Manba ma'lumotlariga ko'ra, portugaliyalik hujumchi faoliyatini yakunlashi ehtimoli juda yuqori. Futbolchining vakillari Ronaldu Saudiya Arabistoni chempionatini tark etganidan so'ng jahon jamoatchiligi qiziqishining keskin pasayib ketishini oldini olish bo'yicha maxsus reja ustida ish olib bormoqda.

Ronaldu 2023 yildan beri "Al Nassr" safida to'p tepib kelmoqda. 40 yoshli futbolchi ushbu mavsum Saudiya Arabistoni chempionatida 16 o'yinda maydonga tushib, 16 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Futbolchi faoliyati davomida jami 960 ta gol muallifi bo'lgan. U avvalroq 1000 ta gol marrasiga yetishni maqsad qilganini ham takidlagan edi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: x.com/JacobsBen