Ronaldo koronavirusga chalindi

Оқил Абдубарноев
2 yanv 2021
Braziliyalik sobiq hujumchi, "Kruzeyro" prezidenti Ronaldo koronavirusga chalindi.

Shu sababli jamoa prezidenti klubning navbatdagi tadbirlarida ishtirok eta olmaydi. Bugun "Kruzeyro" tashkil topganiga 101 yil to'ldi.

Xabarda aytilishicha, 45 yoshli mutaxassisning ahvoli yaxshi. Unda kasallikning engil alomatlari aniqlangan. Ronaldo izolyaciyaga olingan.

Eslatib o'tamiz, Ronaldo Braziliya terma jamoasi bilan ikki karra jahon chempioni va ikki karra Amerika kubogi sohibi hisoblanadi.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: twitter.com/cruzeiro