Ronaldo CBF prezidentini iste'fo berishga chaqirdi

Aslanov Jasurbek
26 noya 2015
"Barselona" va "Real" sobiq hujumchisi Ronaldo Braziliya futbol konfederatsiyasi (CBF) prezidenti Marko Polo Del Neroni iste'fo berishga chaqirdi.

Braziliya terma jamoasi sobiq futbolchisining fikricha, Del Nero bu mansabni egallashi noto'g'ri.

"Braziliya futboli uchun og'ir damlar keldi. So'nggi vaqtlarda iqtidorlarni topish qiyin bo'lyapti, avvalari ular ko'p edi. Klublar menejmenti va konfederatsiyalar professional bo'lishi lozim. Del Nero iste'fo berishi kerak. U o'yinlarda ishtirok etmayotganidan, xuddi berkinayotgandek tasavvur uyg'otyapti" - deydi Ronaldo.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Reuters