Ronaldinyo murabbiyga aylanadimi?

Sherzod Nurmatov
2 avg 2021, 22:04
"Barselona" va Braziliya terma jamoasi sobiq futbolchisi Ronaldinyo o'z kelajagi borasida xabar berdi.

"Men faxriylar o'rtasidagi o'yinlarda o'ynayapman. Biz do'stlar bilan ko'rishish uchun bu imkoniyatdan foydalanmoqdamiz.

Futbol – hayotimning bir qismi va har doim shunday bo'lib qoladi. 

O'zimni murabbiy sifatida tasavvur qila olmayman. Futbolni hech qachon diqqat bilan kuzatmaganman. Men xavfli vaziyatlar (highlights)ni, gollarni tomosha qilishni yaxshi ko'raman, biroq o'yinni to'liq 90 daqiqa ko'rishni yoqtirmayman", – dedi afsonaviy braziliyalik.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Charlando Tranquilamente