Ronaldinyo: "Faoliyatimni yakunlamoqchi emasman"

Aslanov Jasurbek
18 apr 2015
"Barselona", "Milan" va Braziliya terma jamoasi sobiq yarim himoyachisi, ayni damda "Keretaro" safida to'p tepayotgan Ronaldinyo yaqin vaqt ichida faoliyatini yakunlamoqchi emasligini ta'kidladi.

"Faoliyatimni yakunlashim haqidagi gaplar mish-mish. Bugun juda baxtliman. Yana besh-o'n yil o'ynay olishimni bilmayman, ammo ayni damda hammasi joyida, futboldan kyetishdan mano ko'rmayapman" - deydi 35 yoshli braziliyalik.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com