Ronald Kuman: Qo'shib berilgan 8 daqiqa bizni o'ldirdi

Narzulla Saydullayev
20 dek 2016, 07:55
Everton ustozi Ronald Kuman Liverpulga qarshi o'yindan so'ng (0:1) o'z fikrlarini bildirdi.

O'ylashimcha, jamoam yaxshi o'ynadi. Bu mavsumdagi eng yaxshi birinchi taymni o'tkazdik. Juda tezkor harakat qildik. Burchak to'pidan so'ng hisobni ochishimiz mumkin edi.

Ikkinchi bo'limda qiynaldik, Liverpuldagi o'zgarishlar yakuniy natijaga ta’sir qildi. Tanaffusdan so'ng to'pni nazorat qila olmadik. Bu o'yinda mag'lubiyatga loyiq emasdik.

Qo'shib berilgan 8 daqiqa hayotimizni qiyinlashtirdi. Hakamlar? Nima uchun Koulmenga Lovren bilan to'qnashuvida sariq ko'rsatishdi va Deyanga sariq berishmadi? Sababi undan ogohlantirish bor edi.

Qo'shimcha vaqtda gol o'tkazganimizdan xafaman, 8 daqiqa bizni o'ldirdi, – deydi Kuman.


VIDEO. "Everton" - "Liverpul" 0:1

Mehmonda “Everton”ni mag'lub etgan “Liverpul” 2-o'ringa ko'tarildi

Mersisayd derbisi. 90+5-daqiqada kiritilgan gol "Liverpul"ga g'alaba keltirdi

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: bbc.com