Ronald Arauxo: "Umid qilamanki, Reshford gol urishda davom etadi"

Sherzod Nurmatov
19 sen 2025
"Barselona" himoyachisi Ronald Arauxo hujumchi Markus Reshfordning "Nyukasl"ga (2:1) qarshi Chempionlar Ligasi o'yinida harakatlari haqida fikr bildirdi.

Angliyalik hujumchi dubl qayd etdi, bu uning "Manchester Yunayted"dan ijaraga olinganidan keyin Kataloniya klubidagi ilk gollari.

"Reshford – aql bovar qilmas darajadagi futbolchi. U mashg'ulotlarda ham xuddi shunday o'yin ko'rsatadi. Uning biz bilanligi ajoyib. Umid qilamanki, u gol urishda davom etadi", – dedi Arauxo.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Goal.com