Romelu Lukaku: "Maqsad - klubga yangi sovrinlar olib kelish"

Aslanov Jasurbek
12 avg 2021
"Chelsi" Romelu Lukaku transferini e'lon qildi.

Romelu Lukaku "Chelsi"ga ko'chib o'tgani haqida o'z fikrlarini bildirdi.

"Men yana ushbu sexrli klubga qaytganimdan xursandman. Bunga qadar juda uzun yo'lni bosib o'tdim. Men bu klubga bolaligimdan mehr ko'yganim barchaga ma'lum. Klubga yangi sovrinlar yutishda yordam berishim mumkinligidan xursandman. "Chelsi"ning rivojlanish yo'li mening ambiciyalarimga to'liq mos keladi. Ushbu klubni tark etganimdan so'ng, faoliyatimda ko'tarilish va pastlashlar juda ko'p bo'ldi. Maqsad - klubga yangi sovrinlar olib kelish. Mavsum boshlanishini intizorlik bilan kutyapman", -deydi Romelu Lukaku.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: chelseafc.com