Romanoli: "Ular bizdan yaxshiroq edi"

Mirjalol Normatov
7 noya 2020
"Milan" himoyachisi Alessio Romanoli Yevropa ligasi guruh bosqichida "Lill"dan uchralgan mag'lubiyat haqida gapirdi.

"Og'ir o'yin bo'lishini bilgandik, ular bizdan yaxshiroq edi. Hech qanday bahonalar topmaymiz, bu o'yinda  ijobiy hech nima ko'rsata olmadik.

"Verona" ham juda agressiv va tez o'yin ko'rsatadi. Bu o'yinda ham bizga juda qiyin bo'lishini kutyapman.

Jarohatim jiddiy edi. Kutilganidan oldinroq qaytishim mumkin edi, biroq tuzalish jarayoni biroz cho'zildi. Asosiysi - qiyin kunlar ortda qoldi.

Barcha o'yinlarda qatnashishni istayman. O'zimni o'yinlarga tayyor deb hisoblayman va maydonda buni isbotlamoqchiman", - dedi Romanoli. 


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal