Romano Ronalduning agenti haqida: “U yana urunib ko'radi”

Eldor Akmurzayev
26 iyul 2022, 09:55
“Manchester Yunayted” forvardi Krishtianu Ronalduning agenti Jorje Mendesh mijoziga yangi klub izlashda davom etadi.

“Bizga ma'lumki, “Chelsi”ga Ronalduni sotib olish taklifi berilgan. Jorje Mendesh buni klub bilan muhokama qilgan, ammo Tomas Tuxel 10-15 kun oldin rad javobini berdi. U bu transferga qarshi bo'ldi.

Biroq, ishonchim komilki, Mendesh transfer oynasi yopilgunga qadar “Chelsi”, “Bavariya” hamda “Atletiko” bilan muzokara olib borishga yana urunib ko'radi”, deydi insayder Fabricio Romano.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano