Romano: Kante Al Ittihodga o'tishga yaqin

Alisher
7 iyun 2023
Insayder Fabricio Romanoning ma'lum qilishicha “Chelsi” yarim himoyachisi Ngolo Kante faoliyatini Saudiyada davom ettiradi.

Al Ittihod vakillari Londonga yetib kelgan va yaqin orada shartnoma imzolanadi. Kante va Saudiya jamoasi 2025 yilga qadar shartnoma imzolaydi. Fransiyalik futbolchi yiliga 100 million evro maosh oladi. 

Kante yakunlangan mavsumda APLning 7ta uchrashuvida maydonga tushib, 1ta golli pas berdi.


AlisherMuallif
Manba: championat.com