Romano: Jirona yetakchisi yozda Angliyaga ko'chib o'tadi

Khoja
14 fev 2024
Joriy mavsumda Jirona sharafini himoya qilayotgan Savio kelasi mavsumda Angliya Premer-ligasiga ko'chib o'tadi.

Huquqiy jihatdan Fransiyaning Trua klubiga tegishli va hozirda Jironada to'p surayotgan braziliyalik futbolchi tez orada Manchester Siti futbolchisiga aylangani haqida rasman e'lon qilinadi.

Insayder Fabricio Romano xabariga ko'ra, manchesterliklar Savioni sotib olish bo'yicha kelishuvga erishgan. 19 yoshli hujumkor yarimhimoyachi iyul oyida Manchesterga ko'chib o'tadi. Tomonlar tez orada shartnoma haqida rasman e'lon qilishi kutilmoqda.

Ma'lumot uchun, Savio joriy mavsum Jirona safida 28 o'yinda 7ta gol va 7ta assist qayd etgan. Transfermarkt futbolchini 30 mln evroga baholagan.  




KhojaMuallif
Manba: championat.com