Romanenkoning yurtimizdagi faoliyati yakuniga etdimi ?

16 iyul 2013, 22:58
Oxirgi yillarda Namanganning “Navbahor” jamoasi sharafini himoya qilib kelayotgan Denis Romanenko ayni paytda yurtida.
Moldaviyalik tajribali posbon chempionat o'yinida “Sho'rtan”ga qarshi bahsda kutilmaganda jaroxat olib safdan chiqqandi. Keyinchalik shifokorlarning aniqlashicha legioner posbonning jaroxati jiddiy bo'lib chiqqan. Aytishlaricha futbolchi kamida 2-3 oyga safdan chiqqan. Shu bois “Navbahor” klubi rahbariyati uning yurtiga borib, davolanishi uchun ruhsat bergan.

Ayni paytda oliy liganing bir qator klublari kabi “Navbahor” ham ikkinchi davraga tayyorgarlik jarayonini boshlab yuborgan. Ammo moldaviyalik darvozabondan hanuz darak yo'q. Shu bois aytish kerakki, katta extimol bilan Romanenkoning yurtimizdagi faoliyati o'z nihoyasiga etgan ko'rinadi.

Eslatib o'tamiz, Denis Romanenko yurtimizdagi faoliyatini “Dinamo”da boshlagandi.

Islombek Rustambekov

Manba: championat.asia