"Roma" Zabitcerni ijaraga olmoqchi

Omonjon To`xtamirzayev
10 iyul 2023
"Roma" "Bavariya"dan yarim himoyachi Marsel Zabitcerni ijaraga olmoqchi.

Rimliklar kelishuvga sotib olish huquqini ham qo'shishmoqchi. O'z navbatida myunxenliklar esa futbolchini faqatgina sotib yuborish yoki majburiy sotib olish haqidagi bandga rozi.

O'tgan mavsum avstriyalik "Manchester Yunayted" safida ijarada to'p tepgandi. Avvaliga inglizlar futbolchini to'liq sotib olmoqchi bo'ldi, ammo Maunt transferi rasmiylashtirilgach, Marsel Germaniyaga qaytishga majbur bo'ldi.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: Sky Sports Deutschland