“Roma“ yangi bosh murabbiy bilan shartnoma imzolashga yaqin

Khoja
29 may 2025
“Atalanta“ bilan xayrlashganini e'lon qilgan Jan-Pero Gasperi faoliyatini Italiyada davom ettiradi.

 U “Roma“ni tark etadigan Klaudio Ranerining o'rniga Rim jamoasini bosh murabbiyi bo'ladi. Tomonlar muzokaralarning so'nggi bosqichini o'tkazishmoqda va yaqin kunlar ichida ushbu kelishuv rasman e'lon qilinadi.

Ma'lumot uchun, Jan-Pero Gasperi “Atalanta“da 9 yil faoliyat olib bordi. U jamoasi bilan 2023-24 yilgi mavsumda Yevropa ligasida g'alaba qozondi. Murabbiyning o'zi ikki marta A Seriyada eng yaxshi murabbiy sovrini qo'lga kiritgan.


KhojaMuallif
Manba: romapress.net