"Roma" yana bir futbolchini tekinga qo'shib oladi

Mirjalol Normatov
13 iyun 2023, 20:12
Himoyachi Evan Ndika "Roma"ga o'tadi.

Jurnalist Fabricio Romanoning ma'lumotiga ko'ra, tomonlar 2028 yilgacha mo'ljallangan shartnoma borasida kelishib olishgan. Yaqin vaqtlar ichida futbolchi klub uchun tibbiy ko'rikdan o'tadi va shartnoma imzolaydi.

Kot-d`ivuarlik futbolchi "Ayntraxt" bilan shartnomasi yakunlangani uchun Rim klubiga erkin agent sifatida ko'chib o'tadi. Ushbu mavsumda 23 yoshli markaziy himoyachi barcha turnirlarda 44 o'yinda qatnashib, 2 gol va 1 assist qayd etdi.

Bu "Roma"ning yozdagi ikkinchi tekin transferi bo'ladi. Bunga qadar klub yarim himoyachi Ussem Auarni erkin agent sifatida tarkibiga jalb qilgandi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: twitter.com/fabrizioromano