"Roma" va "Yuventus" futbolchilarini almashtirishadi

Alisher
29 iyun 2019, 11:33
Italiyaning ikki klubi, yani "Roma" va "Yuventus" jamoalari futbolchilari almashadi.

"Yuventus" himoyachisi Leonardo Spinaccola faoliyatini "Roma"da davom ettiradi. Rimliklar himoyachisi Luka Pellegrini esa Turin klubiga o'tadi.

Bitim keyingi bir necha kunda imzolanishi kutilmoqda. "Yuventus" o'yinchidan tashqari yana 10 million evro ham oladi. Agar klublar to'liq kelishib olishsa, o'yinchilar shu dam olish kunidayoq tibbiy ko'rikdan o'tishlari mumkin.

Eslatib o'tamiz, Italiya A Seriyasining ortda qolgan mavsumida "Yuventus" chempion bo'ldi, "Roma" esa 6-o'rin bilan cheklandi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Sky Sport Italia