"Roma" va "Palmeyras" himoyachi Vinyaning transferi borasida kelishuvga erishishdi

Alisher
20 iyul 2021, 10:13
"Roma" "Palmeyras" himoyachisi Matias Vinyani xarid qilishga yaqin.

Jurnalist Fabricio Romanoning xabariga ko'ra, Rim klubi 23 yoshli o'yinchining transferi borasida braziliyaliklar bilan kelishuvga erishishdi.

Qayd etish kerakki, "Roma" urugvaylik uchun bonuslar va 10 million evro to'laydi. Vinyaning shaxsiy shartnomalari borasida ham kelishuvga erishilgan, jamoa bosh murabbiyi Joze Mourinyuni futbolchini yaqin kunlarda klubda kutmoqda.

Vinya o'tgan mavsum barcha musobaqalarda 22ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol va 3ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano