"Roma" sardori klub bilan shartnomasini uzaytiradi

Alisher
27 avg 2021, 10:38
"Roma" bosh murabbiyi Joze Mourinyu Konferenciyalar Ligasi guruh bosqichiga chiqilganidan so'ng sardor Lorenco Pellegrini shartnomani uzaytirishini ma'lum qildi.

Amaldagi shartnoma 2022 yilga qadar mo'ljallangan.

"U yangi shartnomaga ertaga yoki undan keyingi kun imzo qo'yishi kerak. Lorenco biz uchun muhim, shu sabab u tez orada shartnoma imzolaydi", - deydi Mourinyu.

Pellegrini joriy mavsum barcha musobaqalarda 3ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol va 1ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Football Italia