"Roma" Salaxni ingliz klubiga sotmadi

Aslanov Jasurbek
1 iyun 2017
"Roma" yarim himoyachisi Muhammad Salaxga "Liverpul" qiziqish bildirmoqda.

24 yoshli futbolchi ayni damda Angliyada. Italiya OAVning ma'lum qilishicha, Salax do'stlariga Angliyaga qaytmoqchi ekanligi haqida aytgan. Misrlik "Roma"ga o'tishdan avval "Chelsi"da o'ynagan.

Ma'lumotlarga ko'ra, rimliklar "Liverpul"ning ilk taklifiga rad javobini berishdi. Mersisaydliklar Salax uchun 29,7 mln. funt (34 mln. evr) to'lashga tayyor edilar, ammo "Roma"dagilarning fikricha, bu mablag' futbolchi uchun kam.

Muhammad Salax 2016-17 mavsumda A Seriyaning 31 ta uchrashuvida maydonga tushib, 15 ta gol urdi va 11 ta golli pas berdi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: beIN Sports