

Rim klubi "Barselona" bilan o'ynamasligini ma'lum qildi. Shuningdek, "Barsa" tovon puli talab qilishi mumkinligi haqida xabar qilingandi.
"Roma"ning rasmiy bayonotiga ko'ra, rad etish mavsumoldi o'yinlari taqvimidagi o'zgarishlar bilan bog'liq.
Biroq Corriere dello Sport xabariga ko'ra, PSJ prezidenti va Yevropa klublari assotsiatsiyasi (ECA) rahbari Nosir Al Xelayfi klubga bosim o'tkazgan.
Al Xelayfi va "Roma" xo'jayini Den Fridkin o'rtasidagi munosabatlar iliq tus olgan. Amerikalik tadbirkor, shuningdek, ECA direktorlar kengashi va ijroiya qo'mitasi a'zosi hisoblanadi. Fridkinni Gamper kubogidan voz kechishga ko'ndirgan ham aynan assotsiatsiya rahbari sanaladi.
Al Xelayfi "Roma"ning "Barselona"ga qarshi o'yinda ishtirok etishiga qarshi chiqdi, chunki kataloniyaliklar Superliga asoschilaridan biri va hali-hanuz turnirdan voz kechmoqchi emas. Superliga loyihasiga UEFA va ECA qarshilik ko'rsatmoqda.



