"Roma" PSJ futbolchisini xarid qilmoqchi

Aslanov Jasurbek
2 iyul 2017
"Roma" Muhammad Salaxni "Liverpul"ga sotganidan so'ng, uning o'rniga PSJ yarim himoyachisi Lukas Mourani olib kelmoqchi.

Ma'lumotlarga ko'ra, Rim klubi sport direktori Monchi bu borada parijliklar sport direktori Antero Enrike bilan suhbatlashdi.

PSJ 24 yoshli yarim himoyachini kamida 30 mln. evroga sotmoqchi.

Lukasning Fransiya klubi bilan shartnomasi 2019 yilning yozida yakuniga etadi. So'nggi mavsum Lukas Fransiya chempionatining 37 ta uchrashuvida 12 ta gol urdi va 5 ta golli pas berdi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Corriere dello Sport